Andaman va Nikobar orollari
Qiyofa
| ||
Ittifoqdosh hudud | ||
---|---|---|
Maʼmuriy markazi | Port-Bler | |
Yirik shahari | Port-Bler | |
Gubernator | Bxopinder Singx | |
Rasmiy tillar |
Hind tili ingliz | |
Aholi (2011) | 379 944 | |
Zichligi | 46,06 kishi./km² | |
Maydoni | 8249 km² (1-oʻrin) | |
Kod ISO 3166-2 | IN-AN | |
Rasmiy sayti | http://www.and.nic.in/ | |
Xaritada | ||
11.68°0′0″N 92.77°0′0″E / 11.68000°N 92.77000°E |
Andaman va Nikobar orollari (hindcha: अंडमान और निकोबार द्वीप; inglizcha: Andaman and Nicobar Islands) — Hindistondagi ittifoqdosh hudud, 2 ta arxipelag (Andaman va Nikobar orollari)dan iborat. Bengaliya qoʻltigʻi bilan Andaman dengizi oraligʻida joylashgan. Maydoni 8,3 ming km². Aholisi 279 ming kishi (1991). Markazi — Port-Bler shahri Orollar suv osti togʻlarining choʻqqilari boʻlib, harakatdagi vulkanlar ham bor. Marjon riflari bilan oʻralgan. Balandligi 732 m gacha. Tropik musson oʻrmonlari bilan qoplangan. Aholisi yogʻoch kesish, tayyorlash, kokos palmasi oʻstirish, baliqchilik va ovchilik bilan shugʻullanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |